Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Foto: Illustrativ
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi va boshqa tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari bilan shugʻullanib kelgan shaxs qoʻyga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro (1983-yilda tugʻilgan) oʻzining yashash xonadonida 64 ming 452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2 milliard 908 million 608 ming soʻmni tashkil qiladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum boʻldi.
“Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 — moddasi 3-qismi «a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring