Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova yutdi, ammo boshqalar… Oʻzbekiston jamoaviy dzyudoda medalsiz qoldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudochilarimiz bugun aralash jamoaviy dasturda oʻz ishtiroklarini davom ettirishdi. Hamyurtlarimiz 1/4 finalda Italiyaga yutqazgach, bronza uchun oʻtish bahsida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi kurash olib borishdi va 2:4 hisobida yutqazib qoʻydi.
Dastlab, tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyozova -70 kg vazn toifasida Kim Jisuni ippon bilan magʻlub eta oldi. Italiyaga qarshi bahsning soʻnggi sekundlarida yutqazgan, Parijda eng yomon formasini koʻrsatayotgan Davlat Bobonov Li Yon Xvanga yutqazib, mutlaqo oʻzini yomon koʻrsatdi.
-70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Irisxon Qurbonboyeva Kim Xa-Yunga yutqazdi. Parij Olimpiadasi sovrindorlari Alisher Yusupov va Kim Mindjon toʻqnash keldi. Yusupov bu bahsda juda yomon harakat qildi va yutqazib qoʻydi.
Soʻngra, tatamiga -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Diyora Keldiyorova Xa Mi-mini ippon bilan yutdi.
Soʻnggi bahs koreyalik An Ba Ulga qarshi kechdi. Tatamiga chiqqan Murodjon Yoʻldoshev 10 minutga yaqin kechgan bahsda yutqazib qoʻydi. Shu tariqa, Oʻzbekiston medalsiz qoldi.
Avvalroq, Anna Prakaten Olimpiada oʻyinlarini 11-oʻrinda yakunlagani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring