Oʻzbekiston Yevrosiyo patent tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Foto: Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Yevrosiyo patent tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikromov boshchiligidagi delegatsiya 9–17-iyul kunlari boʻlib oʻtayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida qatnashdi. Uchrashuvlar doirasida Adliya vazirligi va Yevrosiyo patent tashkiloti (YEPT) oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolandi.
Qayd etish kerakki, Yevrosiyo patent tashkiloti mintaqaviy tashkilot boʻlib, 1995-yil 12-avgustda tashkil etilgan. Faoliyat turi boʻyicha asosan ixtiro va sanoat namunalari sohasida ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 8 ta davlat, xususan, Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston ushbu tashkilotning aʼzosidir.
Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, YEPT patentlar boʻyicha talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazadi va tashkilotga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda bir xil kuchga ega boʻladigan ixtiro hamda sanoat namunalari uchun patentlarni taqdim etadi.
“Vazir oʻrinbosari M.Ikramov hamda YEPT prezidenti G.Ivliyev mazkur memorandumning imzolanishi ikki tomonlama mustahkam va mutanosib aloqalarning oʻrnatilishiga, sanoat mulki sohasida samarali va oʻzaro manfaatli tajriba almashish uchun huquqiy asos yaratilishiga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtishdi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq bolalarni bogʻchaga joylashtirish yanada soddalashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring