Toshkentda avtokran agʻdarilib ketdi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ish vaqtida avtokran chuqurga agʻdarilib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 11-iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Choʻponota koʻchasi hududida avtokran taʼmirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketgan.
Mazkur holatda avtokran haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan.
Oqibatda avtokran oʻz ogʻirligi bilan sirpanishi va ostidagi asfalt yer qatlamining oʻpirilishi tufayli u bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hodisada avtokran haydovchisi va hududda taʼmirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring