IIV binosi yaqinida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi
Avvalroq Ichki ishlar vazirligi binosi va “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududda joylashgan yerosti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatilgani haqida xabar bergan edik. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun 10-iyun kuni soat 08:10 da 35/10/6 kVli “Oʻzbekiston” podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmogʻi shikastlangan.
“Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar isteʼmolchilar toʻliq boshqa tarmoqqa oʻtkazilgan boʻlib, ayni paytda Yakkasaroy tumanining “Konstitutsiya” va “Yunus Rajabiy” mahallalari hamda Mirobod tumanining “Abdulla Avloniy” va “At-Termiziy” mahallalaridagi aholi isteʼmolchilari elektr energiyasidan uzilgan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring