Oʻzbekiston tarixda birinchi 1 mlrd dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi

17:54 14 Fevral 2019 Iqtisodiyot
2927 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston mustaqil tarixida birinchi marta 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd qilinishicha, qarz obligatsiyalarini yopish muddati tegishincha 2024 va 2029 yillarning fevral oyi belgilandi.

Avvaliga kuponlarning diapazoni 5,625 — 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilangan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli Oʻzbekiston foiz stavkalarini qayta koʻrib chiqib, ularni 4,75 foiz va 5,375 foizgacha tushirdi.

Obligatsiyalarni xarid qilishga taxminan 150 institutsional investorlardan 3,8 milliard dollarlik taklif kelib tushdi. Joʻgʻrofiy nuqtai nazardan, xarid qilingan 5 yillik va 10 yillik obligatsiyalarning katta qismi Buyuk Britaniya investorlari (tegishincha 39 foiz va 32 foiz), amerikalik investorlar esa 23 va 31 foiz obligatsiyalarni xarid qildi. Yevropalik investorlar 32 foiz va 27 foiz, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari investorlari esa 6 va 10 foizni tashkil qildi.

Yevrobondlarning aksariyatini — 75 % va 78%ini boshqaruv fondlari, 20% va 16 foizini sugʻurta kompaniyalari va pensiya fondlari, 5% va 6% foizini banklar xarid qildi.

Birinchi qadamdan dastlabki xulosalar:

Oʻzbekiston yevroobligatsiyalar bozoriga juda muvaffaqiyatli kelishuvlar bilan chiqdi;

Investorlar tomonidan kuchli qoʻllab-quvvatlov narxni qoʻrqmasdan qayta koʻrib chiqish va maqbul yakuniy narxda toʻxtamga kelishga zamin yaratadi;

Oʻzbekistonning davlat kompaniyalari, korporatsiyalari va boshqa moliya muassasalari tomonidan kelajakda yevroobligatsiyalarni chiqarish uchun bazaviy benchmark vazifasini oʻtaydi;

MDH mamlakatlari orasida 2019 yildagi ilk suveren obligatsiyalar joylashtirilishidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер