Samarqanddagi maktablarda turizm soatlari yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Samarqand shahridagi 20 ta maktabda turizm soatlari yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Ular tajriba tariqasida maktabdan tashqari taʼlim sifatida joriy qilinadi. Keyinchalik soatlar Buxoro, Xiva va Shahrisabzda oʻquv dasturlariga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
“Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari taʼlim sifatida turizm soatlarini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz”.
Aziz Abduhakimov, shuningdek, ushbu soatlar oʻquvchilarning Oʻzbekiston va xorijdagi turizm hamda madaniy meros haqidagi bilimlarini shakllantirishga xizmat qilishini, UNWTO bilan hamkorlikda ushbu dasturni ilgʻor jahon amaliyotiga asoslangan holda yanada rivojlantirilishini qoʻshimcha qildi. Mazkur yangilikni Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Oʻzbekistonning boshqa turistik yoʻnalishlaridagi maktablar oʻquv dasturlariga kiritish tarafdori ekanini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring