Oʻzbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar

16:23 10 Iyul 2023 Siyosat
536 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti davomida faol va tizimli siyosiy aloqalarni davom ettirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni jadallashtirish, ishbilarmonlik va gumanitar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Vengriya Bosh vaziri mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozonilgan ishonchli gʻalaba bilan samimiy tabriklab, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Muntazam siyosiy maslahatlashuvlar yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilning mart oyida Budapesht shahrida Oʻzbekiston elchixonasi ochildi.

Oʻzaro savdo hajmi oshib bormoqda. Bank-moliya bozoriga Yevropaning yetakchi “OTP” banki kirib keldi.

Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa ustuvor tarmoqlarda qoʻshma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Investitsiyalar portfeli jami 1,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Telefon muloqoti chogʻida Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish, gumanitar va taʼlim almashinuvlarini kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbir ishlab chiqish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер