Eronda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq – TIV

Hozirgi vaqtda Eron hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni 81 nafarni tashkil qilgan.

05:42 01.03.2026
AQSH bu mojaroni boshlamadi, lekin tugatadi — Hegset

AQSH mudofaa vaziri amerikaliklarni oʻldirgan yoki ularga tahdid qilgan har qanday shaxs dunyoning qaysi burchagida boʻlishidan qatʼiy nazar yoʻq qilinishini maʼlum qildi.

05:25 01.03.2026
Tramp Eron oliy rahnamosi oʻldirilganini maʼlum qildi

“Tarixdagi eng yovuz odamlardan biri boʻlgan Xomanaiy vafot etdi”, — deb yozgan Oq uy rahbari.

03:49 01.03.2026
“Gʻalaba va ozodlik yaqin”: Rizo Pahlaviy eronliklarni namoyish oʻtkazishga chorladi

Eron valiahd shahzodasi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻlimi amaldagi rejimning yakunlanganidan darak berishini taʼkidladi.

03:32 01.03.2026
BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyat yuzasidan favqulodda yigʻilish boshladi

BMT bosh kotibi harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va Eron yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarga qaytishga chaqirgan.

02:30 01.03.2026
Qancha xohlasak, shuncha zarba beramiz - Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga uyushtirilayotgan hujumlar yuzasidan bayonot berdi.

01:37 01.03.2026
“Endi sizning vaqtingiz”: Netanyahu Eron xalqiga murojaat qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronga uyushtirilgan hujumlar yuzasidan bayonot berdi.

01:19 01.03.2026
“Aralashadiganlar juda katta badal toʻlaydi”: Isroil mudofaa vaziri bayonet bilan chiqdi

Israel Kas mamlakatni yoʻq qilish bilan tahdid qiladigan har qanday rejim xavfsiz boʻlmasligini taʼkidladi.

01:07 01.03.2026
“Amerikaliklar buni istamaydi”: Nyu-York meri Erondagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Zohran Mamdani AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan harbiy zarbalarni keskin qoraladi.

00:34 01.03.2026
Eron oliy rahnamosining kuyovi va kelini raketa hujumi oqibatida halok boʻldi — OAV

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Eron oliy rahnamoning oʻzi harbiy operatsiyalar markazida turibdi va qarshi hujumlarni boshqarmoqda.

00:06 01.03.2026
Favqulodda holatkarda Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalari bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan xorijdagi vakolatxonalarning favqulodda aloqa raqamlari va ishonch telefonlari eʼlon qilindi.

23:37 28.02.2026
“Mintaqa olov ichida qolishi mumkin”: Turkiya prezidenti Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonet bilan chiqdi

Turkiya Prezidenti Eronga nisbatan boshlangan hujumlardan chuqur qaygʻu va xavotirda ekanini maʼlum qildi.

22:41 28.02.2026
Erondagi maktabga qilingan hujum oqibatida 160 kishi halok boʻldi — TIV

Maʼlumotlarga koʻra, maktab joylashgan hududda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining harbiy bazasi joylashgan.

21:36 28.02.2026
Eron oliy rahnamosi tirik – Aroqchi

OAVda Eron oliy rahnamosining Tehrondagi qarorgohi Isroil zarbalari oqibatida vayron boʻlgani, oqibatda Oyatulloh Ali Xomanaiy halok boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.

19:47 28.02.2026
“Rasmiy koʻrsatmalarga qatʼiy amal qiling”: Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinlik tobora avj olib borishi fonida Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

15:06 28.02.2026
Erondagi tahlikali vaziyat sababli bir nechta aviareys ortga qaytarildi

AQSH va Isroilning Eron hududiga amalga oshirayotgan havo hujumlari sabab Oʻzbekistondan parvoz qilgan va mamlakatimiz tomon uchayotgan samolyotlar ortiga qaytarildi.

14:21 28.02.2026
Tramp AQSH Eronga qarshi keng koʻlamli harbiy amaliyot boshlaganini maʼlum qildi

AQSH Prezidentining taʼkidlashicha, mazkur amaliyotning asosiy maqsadi — Amerika xalqini himoya qilish va Eron rejimi tomonidan kelayotgan bevosita tahdidlarni bartaraf etishdir.

14:00 28.02.2026
Eron oliy rahnamosi xavfsiz joyga koʻchirilgan — “Reuters”

Ayni paytda Tehron markazida portlashlar ovozi eshitilmoqda. Eronning “Mehr” agentligi xabariga koʻra, razvedka binosi, prezident majmuasi, Tehron aeroporti, shuningdek, Xomanaiyning uyi hujumga uchragan.

12:30 28.02.2026
Isroil Eronga hujum boshladi

Ayni paytda Tehron markazida kamida 3 ta portlash ovozi eshitilgan. Shahar osmoniga qora tutun koʻtarilmoqda.

11:57 28.02.2026
Surxondaryodagi koʻmir zaxirasining atigi 1 foizi qazib olinayotgani aytildi

Prezident joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil “Fangart” konlarida koʻmir qazib olishni boshlashni topshirdi.

11:56 27.02.2026

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер