Tramp Eron oliy rahnamosi oʻldirilganini maʼlum qildi

03:49 01 Mart 2026 Dunyo
1221 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻldirilganini maʼlum qildi. U bu haqida oʻzining “Truth Social” tarmogʻida post qoldirgan.

“Tarixdagi eng yovuz odamlardan biri boʻlgan Xomanaiy vafot etdi”, — deb yozgan Trapm.

Trampning qoʻshimcha qilishicha, Eron xalqi oʻz mamlakatini qaytarib olish uchun juda katta imkoniyatga ega.

“Biz Erondagi Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi, armiyasi, xavfsizlik kuchlari va politsiyasi xodimlarining endi jang qilishni xohlamasligi haqida eshityapmiz. Ular xavfsiz boʻlishlari mumkin, biroq jang qilishda davom etishni tanlashsa ularni faqat oʻlim kutmoqda”, — deydi Oq uy rahbari.

Donald Tramp Erondagi vatanparvar kuchlar birlashib, bu mamlakatni munosib buyuklikka qaytarishlari kerakligini ham qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер