Zulfiqor Musoqov Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasini tanqid qildi
2020-yilda Los-Anjelesda “Oskar” mukofotining 92-taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondan ham nomzod film taqdim etiladi. Filmni Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tanlaydi. Rejissyor Zulfiqor Musoqov Facebook tarmogʻida qoʻmita aʼzolari tarkibini tanqid qildi.

Zulfiqor Musoqov nega norozi?
“Shu tarkibdagi insonlarning beshtasini ancha yillardan beri taniyman – kino sanʼatiga juda har xil miqdorda, ozmi-koʻpmi oʻz kasbi bilan hissa qoʻshib kelgan insonlar. Lekin nimaga bu tanlovchilarni ichida bironta buyuk yozuvchilar, rejissyorlar, aktyorlar, kinoshunoslar yoʻq? Hammasi boshliq va boshliqchalar? Qoʻshni davlatlarda tanlov kengashi soni 30dan ortiq. Nimaga davlat miqyosidagi muhim madaniy va siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan bu tadbir oshkoralik bilan hal etilmadi?”, deydi Musoqov oʻz izohida.
Komissiya tarkibidan taajjubda
Zulfiqor Musoqov komissiya aʼzolari Oybek Abdushukurov va Sayyora Xudoyberdiyevalar nima uchun bu tarkibga kiritilganidan taajjubda ekanligini yozgan.
“Oybek Abdushukurov va Sayyora Xudoyberdiyevalar kimlar? Bu ikki inson oʻzbek kinosiga qanday ulkan hissa qoʻshgan?”, deydi rejissyor.
Saralash jarayoni oshkora oʻtmaganini tanqid qildi
Rejissyor butun dunyoda hatto “Oskar”ning vatanida ham filmlarni saralash qoʻmitasi aʼzolari adolatli shaklda tuzilishini, Oʻzbekistonda esa bu jarayon oshkora boʻlib oʻtmaganini tanqid qilgan.
"Saralash guruhi tanish-bilishchilikka berilmasligiga ishonchimiz uncha emas”
“Sizni bu masalada qanday manfaatingiz bor? degan savolga ochiq-oydin javob beraman: hamma kinoni yaratgan insonlar kabi bizni ijodiy guruh ham filmimiz shu katta sovringa nomzod boʻlishini istardik. Lekin saralash guruhi didvozlikka, guruhvozlikka, gʻirromlikka, tanish-bilishchilikka berilmasligiga ishonchimiz uncha emas”, degan Zulfiqor Musoqov.

Maʼlumot uchun Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi aʼzolari tarkibiga:
Furqat Zokirov – “Oʻzbekkino” MA sobiq bosh direktori (qoʻmita raisi)
Fotih Jalolov – “Oʻzbekfilm” DUK direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Bahodir Odilov – “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori, rejissyor,
Matyoqub Matchonov – Oʻzbekiston kinematografchilari uyushmasi raisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Jahongir Qosimov – Oʻzbekiston sanʼat arbobi
Sayyora Xudoyberdiyeva – Oʻzbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi direktori
Oybek Abdushukurov – Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, “PROlogue” xalqaro kinofestivali direktori, prodyuser kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring