Zoʻravonlikka qarshi 16 kun
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda butun dunyo boʻylab “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” targʻibot kampaniyasi oʻtkazilmoqda. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning “Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jizzax shahrida tashkil etilgan treningda gender zoʻravonlikka barham berish sohasidagi ishlar, islohotlar va qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar sarhisob qilindi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladigan yoʻnalishlarga eʼtibor qaratildi.
“Nega aynan 16 kun?”. Trening ana shu savolga javob olish bilan boshlandi. Har yili qator davlatlarda 25-noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kunidan boshlab 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunigacha boʻlgan davrda “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” targʻibot kampaniyasi oʻtkaziladi.
Islohotlar uchun asoslarni jadallashtirish, boshqaruvda nomarkazlashgan tizimga oʻtish, fuqarolar ishtiroki va hisobdorlikni oshirish maqsadlarini mujassam etadigan xalqaro loyiha 2023-yil iyul oyidan boshlab Jizzax va Navoiy viloyatlarida bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi loyihaning hamkorlari hisoblanadi.
Koordinatorlar Malika Inoqova va Nigora Gʻafforova maʼruzalarida turli koʻrinishlardagi zoʻravonliklarning oldini olish va bu kabi holatlarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish maqsadga muvofiqligiga urgʻu berildi. Mahalla faollari keng jamoatchilik bilan muammoning ana shu jihatiga eʼtibor qaratishi zarur.
— Bu muammo va uni keltirib chiqarayotgan sabablar haqida hammamiz bilishimiz lozim, — deydi Jizzax shahar hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Halima Neʼmatova. — Qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar bor. Endi hamma gap ishlashda qolyapti.
2028-yilgacha boʻlgan muddatni oʻz ichiga olgan loyiha doirasida yaqin vaqt oraligʻida mavzuning izchil yoritilishiga koʻmaklashish maqsadida ommaviy axborot vositalari uchun grantlar ajratilishi ishtirokchilarga maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring