Zominda Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtadi
Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Shu yilning 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtadi. Ayni paytda nufuzli tadbirga tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Anjumanda har bir hudud oʻz milliy burchagi bilan qatnashadi.

Maʼlumot uchun: tadbir doirasida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi hamda yarmarkalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan hududda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ishtirokchilar uchun barcha qulayliklarga ega mehmonxona, oshxona va boshqa koʻngilochar maskanlar hozirlanmoqda.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring