Ziynat momoning tumoriga aylangan chanqovuz

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Ziynat momo chanqovuz chalganda, soʻfitoʻrgʻaylar sayrab yuboradi. Sharqiroq soylar hovuri yurakka koʻchadi. Bor-yoʻgʻi ikki qism, uzunligi 8-10 santimetrlik temir shoha va uning oʻrtasiga oʻrnatilgan poʻlat tilchadan chiqadigan navo momoning orzu-armonlarini ifodalaydi.
Sardoba tumanining Birlashgan mahallasida yashayotgan 73 yoshli Ziynat Baratova hozir ham chanqovuz chaladi. U bolaligida Zomin togʻlari bagʻrida qoʻy boqib yurganda, chanqovuz butun umr sadoqatli hamrohiga aylangan. Oʻshanda beri boʻyniga tumordek osib yuradi.
— Chanqovuzimning ellik yillik tarixi bor, — deydi biz bilan suhbatda Ziynat momo. — Bir qaraganda, oddiy koʻringan bilan chanqovuz chalishni hamma ham eplayvermaydi. Bu musiqa asbobi sehrli kuylar yaratishga qodir. Oʻzida asrlar sadosini ifodalaydi, ona-yurtga mehr uygʻotadi. Esimda, chanqovuz chalganimda, Sardoba tumaniga kelgan qirgʻizistonlik sanʼatkorlar hayratda qolishgan. Ragʻbat sifatida shu chanqovuzni sovgʻa qilgan. Oʻtgan yili Qashqadaryoda “Chanqovuz va sibizgʻa” xalqaro folklor festivali oʻtkazilganidan xursand boʻldim. Yoshlarning chanqovuzni sevib chalayotganini koʻrib, ajdodlarimizdan meros qolgan ushbu musiqa asbobini umri boqiyligiga shukrona qildim.
Chanqovuz azaldan oʻzbek xonadonlarida saqlanib qolgan. Xotin-qizlarimizning sevimli musiqiy asbobi. Milliy kinolar, zamonaviy kuy-qoʻshiqlarimizda ham eʼzozlanib kelinayotganida Ziynat Baratovaga oʻxshagan momolarimizning hissasi beqiyos. Nima ham derdik, eshitish qobiliyati susaygan bilan kuylarni yurakdan his qilgan momoning qalbi chanqovuzning sehrli ohangidan yasharib yursin!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring