JSST: Yevropada epidemiologik vaziyat murakkablashmoqda
Maymun chechagi virusidan eng koʻp Yevropa aholisi aziyat chekmoqda. Hozirgacha bu yerda roʻyxatga olingan bemorlar soni dunyo boʻyicha tasdiqlangan jami koʻrsatkichning qariyb 90 foiziga teng. Xususan, mazkur xavfli infeksiya qitʼaning 31 mamlakatida qayd etilgan.
Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge hukumatlarni kasallikka qarshi oʻzaro saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
JSST vakilining taʼkidlashicha, shu kunga qadar maymun chechagidan Yevropada oʻlim holatlari kuzatilgani yoʻq. Ammo bu xotirjamlik uchun asos boʻlolmaydi.
Chunki toshma, isitma, charchoq, bosh, tomoq va mushaklar ogʻrigʻi, qusish, diareya kabi belgilar bilan namoyon boʻlayotgan mazkur xastalik geografiyasi kun sayin kengayib boryapti.
Bundan tashqari, Yevropada keyingi bir oy ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari ham uch barobar oshgan.
Ayni paytda “koʻhna qitʼa”ning 53 davlatida kuniga 500 ming nafarga yaqin kishida COVID-19 aniqlanmoqda. Shu bilan birga, oʻlim koʻrsatkichlari ham 2020-yil yoz mavsumi darajasiga yaqinlashdi: kuniga qariyb 500 kishi koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumyapti.
Shu sababli JSST aholi oʻz vaqtida, toʻliq bosqichda emlanishi, qolaversa, jamoat joylarida niqob taqib yurishi zarur, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring