Joze Mourinyo “Fenerbaxche” bosh murabbiyligidan boʻshatildi
Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi bosh murabbiy Joze Mourinyoni isteʼfoga chiqarganini eʼlon qildi. Bunga jamoaning UYEFA chempionlar ligasi musobaqasiga chiqa olmagani sabab ekanligi aytilmoqda.
Joriy yilning 27-avgust kuni “Fenerbaxche” saralash bosqichida “Benfika”ga imkoniyatni boy berib (0:0, 0:1), Yevropa ligasi musobaqasida qatnashadigan boʻldi. Shu voqealardan soʻng, jamoa rahbariyati ikki tomonning oʻzaro kelishuviga koʻra, mehnat bitimini bekor qildi.
“Biz 2024/25-yilgi mavsumdan buyon professional futbol jamoamizga murabbiylik qilib kelayotgan Joze Mourinyo bilan xayrlashdik. Unga jamoamiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi “Fenerbaxche” jamoasi taqdim etgan press-relizda.
Maʼlumot uchun, Joze Mourinyo Turkiya klubi bosh murabbiyi sifatida 62 ta oʻyin oʻtkazdi. Ularning 37 tasida gʻalaba qozondi, 14 ta oʻyinda durang natija qayd etildi va yana 11 ta oʻyinda “Fenerbaxche”ning magʻlubiyati bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring