Joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabrigacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb eʼlon qilinadi

18:40 11 Oktyabr 2023 Siyosat
983 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Yigʻilish kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.

Ushbu loyiha boshlanganidan oʻtgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Joriy yilda, 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi, uning doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.

Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, sanʼatkor va sportchilar, mashhur blogerlar oʻrnak koʻrsatishlari muhimligi taʼkidlandi.

Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?