Joriy yilda uzbekcoders platformasi orqali “Coursera” onlayn kurslarida yoshlar uchun taʼlim olish imkoniyati yaratiladi
AOKAda Raqamli texnologiyalar vazirligi mutasaddilari va IT-park rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida IT mutaxassis kadrlarni tayyorlash, IT-park tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berildi.
Axborot-kommunikatsiya xizmatlari (aloqa va axborotlashtirish hamda kompyuter xizmatlari) hajmi 2021-yilga kelib 17.8 trln soʻmga yetdi. 2022-yilda esa bu miqdor keskin oshib, 22.9 trln soʻmga yetdi. Raqamli iqtisodiyot sohasining YAIMdagi ulushi 2019-yilda 1.80 foiz, 2020-yilda 1.99, 2021-yilda 2.60, 2022-yilda 2.77 foizni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 2016-yilda 199 ming soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2020-yilda 404.7 ming soʻmni, 2021-yilda 508.5 ming soʻmni, 2022-yilda esa 642.9 ming soʻmni tashkil etdi.
2022-yilda jami 396.1 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalar qilingan.
Oʻzbekistonda raqamli taʼlim ekotizimini yoʻlga qoʻyish, aholi va yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish hamda ularning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda tizimdagi IT oliy taʼlim muassasalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning 6 ta filiali, Toshkent shahridagi Inxa va Amiti universitetlari tomonidan 35 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha 29 ming nafardan ortiq oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlanmoqda.
2022-yilda raqamli taʼlimni rivojlantirish borasida AKT sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni toʻliq masofaviy tarzda xalqaro standartlar asosida tayyorlaydigan “EPAM Systems” xalqaro IT-kompaniya bilan hamkorlikda “IT-Park University” raqamli universiteti faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Aholini raqamli koʻnikmalarini oshirish maqsadida respublika boʻyicha 205 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida 400 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, ularda 128 ming nafardan ortiq tinglovchilar, shu jumladan, jami 33 ming nafari davlat xodimlari malakasini oshirdi.
IT sohasida xususiy sektor vakillariga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar natijasida IT-Park rezidenti boʻlgan xususiy taʼlim markazlari soni 2022-yilda 191 nafarga yetdi (2021-yilga nisbatan 67 taga, 2020-yilga nisbatan 180 taga koʻpaygan).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-maydagi 310-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni IT sohasida salohiyatini oshirish, shuningdek, IT bilimlarga qiziqtirish maqsadida xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash tizimi joriy etildi.
Oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida 2022-yilda jami 800 tadan ziyod yoshlar xalqaro IT-sertifikatni olish uchun arizalar topshirgan boʻlsa, hisobot davrida 500 nafar yoshlarning mazkur sertifikatlar boʻyicha 50 foizgacha boʻlgan xarajatlari qoplab berildi.
2019-2022-yillarda “Bir million oʻzbek dasturchi” loyihasi doirasida taʼlim olganlar soni 2,5 mln nafardan oshgan. Shu jumladan, 1,7 mln nafardan ortigʻi loyiha doirasida raqamlashtirish boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlib, sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
IT sohadagi oʻquv kurslarda tahsil olayotgan yoki ushbu oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 15 ming nafardan ortiq yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratildi.
2023-yilda quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida masofaviy taʼlim sifatini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasini mantiqiy keyingi bosqichini amalga oshirish maqsadida uzbekcoders platformasi orqali “Coursera” onlayn kurslarida yoshlar uchun taʼlim olish imkoniyati yaratiladi;
“Bir million dasturchi” doirasida va IT-Parkning taʼlim rezidentlarida IT sertifikatni qoʻlga kiritgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 mln soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit ularning shaxsiy plastik kartasiga oʻtkazib berishi tartibi yoʻlga qoʻyiladi;
oʻz bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, oʻquv markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 mln soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlarga esa 35 mln soʻmgacha subsidiya berish mexanizmi ishlab chiqiladi;
IT Park rezidentlari soni 2017-yilda 147 ta boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda 523 taga yetdi. Bu koʻrsatkich 2022-yilda ikki baravarga ortib, 1122 taga oshdi. Xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 2017-yilda 4 tagina boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda 23 ta boʻlgan, 2022-yilda yetti baravarga ortib, 165 taga yetdi.
AKT sohasida 2021-yilda 90.3 ming nafar aholi bandligi taʼminlangan boʻlib, bu koʻrsatkich 2022-yilda 116.9 ming nafarga yetkazildi. AKT sohasidagi korxonalar tomonidan 2017-yilda 135.5 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilingan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 206.4 mln AQSH dollariga yetdi, 2022-yilda esa 323 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilindi. 2023-yilda ushbu koʻrsatkichni 375.1 mln AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
2021-2022-yillarda IT Park rezidentlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar va eksportlar hajmi keskin oshdi.
2021-yilda IT Park rezidentlari tomonidan jami 46 mln AQSH dollari miqdorida xizmatlar eksport amalga oshirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 140 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
2021-2022-yillarda IT Park rezidentlari tomonidan ish bilan taʼminlanganlar va oʻzini oʻzi band qilganlar soni ham koʻpaygan.
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublika miqyosida jami 28 562 nafar aholi ish bilan taʼminlangan boʻlib, shundan 18 712 nafar oʻzini oʻzi band qilganlar hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahri (15 597) birinchi oʻrinda turgan boʻlsa, Navoiy (785) va Jizzax (538) keyingi oʻrinlarni band qilgan.
2023-yil 15 ferval bilan Vazirlar Mahkamasining 66-son qarori bilan Prezident sovrini (President Tech Award) “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta yoʻnalish jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari, ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar, axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari,tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar, kompyuter va mobil oʻyin dasturlari, hamda 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi.
Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida 30 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.
Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.
Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:
asosiy yoʻnalishlar boʻyicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
maxsus yoʻnalish boʻyicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan.
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha:
1-oʻrin uchun – 100 ming AQSH dollari;
2-oʻrin uchun – 50 ming AQSH dollari;
3-oʻrin uchun – 30 ming AQSH dollari;
Maxsus yoʻnalish boʻyicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring