Joriy yilda Samarqanddagi maktablarning 300 nafarga yaqin o‘quvchisi muddatidan oldin xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi

Foto: «Xalq so‘zi»
Bugun Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Samarqand shahridagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 9-tayanch maktabida o‘tkazilgan tadbirda faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, Devori ko‘ndalang, Bunyodkor, Masjidi qo‘ng‘iroqdor mahallalari faollari, nuroniylar, shuningdek, maktabning sobiq bitiruvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi, bitiruvchilarni tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tiladi.
Tadbirda maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berildi.
Shuningdek, 2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, 2022-2023 o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarini jami 111 462 nafar o‘quvchi 9- va 11-sinflarni tugatmoqda. Shundan 65 842 nafari 9-sinfni, 45 620 nafari 11-sinfni tamomlayapti.
Joriy yilda viloyat maktablaridagi 9-sinf bitiruvchilarining 3942 nafari a’lo darajadagi tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga, 11-sinflarning 198 nafari kumush, 1661 nafari oltin medalga da’vogarlik qilmoqda.
Viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 293 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, talaba bo‘ldi.
Hududlar kesimida eng ko‘p talaba bo‘lganlar Samarqand shahri maktablari bitiruvchilari bo‘lib, muddatidan oldin 81 nafar o‘quvchi talaba bo‘lgan. Keyingi eng ko‘p bitiruvchisi talaba bo‘lgan hududlar - Past Darg‘om tumanidan 39 nafar, Jomboy tumanidan 30 nafar maktab bitiruvchisi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring