Joriy yil yakuniga qadar 100 mingdan ziyod yuqori sinf oʻqituvchilarining yangi metodikalar boʻyicha malakasi oshiriladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov maʼlum qildi.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun metodik marafonlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.
4-10-yanvar kunlari oʻtkazilgan dastlabki marafonda hududlardan jami 15 000 nafarga yaqin pedagog ishtirok etdi.
Marafon davomida markaz mutaxassislari va trener oʻqituvchilar tomonidan matematik, tabiiy-ilmiy, oʻqish savodxonligi kabi yoʻnalishlar boʻyicha 30 tadan ortiq vebinar oʻtib berildi.
Shu jumladan, bu kabi marafonlar 26-yanvar kuni qoraqalpogʻistonlik oʻqituvchilar uchun qoraqalpoq tilida ham tashkil etildi.
Navbatdagi metodik marafonlar bahorgi taʼtil vaqtlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring