Joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Har bir viloyatda yirik sement korxonalari va xususiy korxonalar bilan birgalikda yoʻl qurish va ekspluatatsiya klasterlarini tashkil etish orqali ichki yoʻllarning egasini topish boʻyicha topshiriq bergan edim.
Bu borada Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiydagi ishlar ahvoli qolgan hududlarga qaraganda hali sust», dedi Prezident.
Bu hududlar hokimlariga masalaning ichiga kirib, jiddiy shugʻullanishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Umuman, 2022-yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan Andijonda 270 kilometr, Fargʻonada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpogʻiston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni barpo etish vazifasi qoʻyildi.
Buning uchun 2022-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 3,5 million tonnaga koʻpayadi. Yaʼni, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar toʻliq qoplanishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring