Joriy yil harbiy OTMlarga qabul qay tarzda amalga oshirilishi maʼlum qilindi
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov harbiy OTMlarga qabul, muddatli xizmatga chaqiruv va sohaga oid boshqa dolzarb savollarga javob berdi.
Harbiy OTMga tanlash tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda:
fuqaro yoshlar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda,
harbiy xizmatchilar uchun — oʻz xizmat oʻtash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda 1-apreldan 31-mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (harbiy okrug hududida joylashgan harbiy gospitallarda).
Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni davlat test sinovlarini iyul-avgust oylarida boʻlgan muddatda respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalariga oʻtkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda Davlat test markazi tomonidan joylarda oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring