Jondorda har biri 25 kilogacha tosh bosadigan kurka parvarishi yoʻlga qoʻyiladi  

11:53 09 Dekabr 2021 Jamiyat
990 0

Foto: "Xalq so'zi"

“Jondor chinor chorva” fermer xoʻjaligi Buxoro viloyatida yirik parrandachilik korxonasiga ega subyekt sifatida tanilgan.

Korxona masʼullari endilikda yangi tarmoq — kurkachilikni ham yoʻlga qoʻyish taraddudini koʻrishmoqda. Kogon tumanida ishbilarmonlar, soha mutaxassislari, mahalla raislari, sektor rahbarlari ishtirokida parrandachilikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlab tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarida viloyat hokimi B. Zaripov ana shu haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, joʻja ochirish maqsadida  Fransiyadan bir million dona “VIT-6” deb nomlangan zotdor kurka tuxumi xarid qilinmoqda. Bu zotdor kurka mahsuldorligi bilan alohida ajralib turadi. Risoladagidek parvarish qilinsa, olti oyda oz emas, koʻp emas, 25 kilogrammgacha tosh bosadi. Goʻshti — parhezbop. Buxoroda shu kunga qadar bunday zotdor kurka parvarish qilingan emas. ”Agar shu tajribani oʻzlashtirsak, nafaqat korxona, balki  aholi xonadonlari ham qanday qoʻshimcha daromadga ega boʻlishini tasavvur qilish qiyin emas”, dedi seminarda viloyat rahbari.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер