Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

AQSH yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan. Baydenning aytishicha, Amerika demokratiyasining kelajagi ularning qoʻlida.
Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.
“Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham”, dedi Bayden oʻz chiqishida.
Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarni rad etish va oʻzining prezidentlik vazifalarini bajarishda davom etishi mumkinligini koʻrsatish uchun yaxshigina imkoniyat hisoblanadi.
Nutqining oxirida prezident oʻzining nomzodi haqida gapirar ekan, Xarrisni tajribali, qattiqqoʻl, qobiliyatli va mamlakat uchun kerakli yetakchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.
Jo Bayden oʻtgan hafta koronavirusga chalingan edi. U Delaverdagi uyida davolanib, seshanba kuni Oq uyga qaytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring