Jo Bayden nima uchun Isroilga kelganiga izoh berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden AQSHning Isroilni qoʻllab-quvvatlayotganini dunyo koʻrishi uchun Isroilga kelgan.
“Men oddiy sabab bilan keldim: Isroil xalqi, butun dunyo Amerika Qoʻshma Shtatlar Isroilni qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrishi uchun”, degan u jurnalistlarga.
Amerika yetakchisi, shuningdek, AQSH Isroilga zarur boʻlgan barcha yordamni taʼminlashini aytdi.
Bayden oila aʼzolari HAMAS jangarilari qoʻlida asirda boʻlgan amerikaliklar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Prezident jamoasi, shuningdek, oʻzini va erini garovda ushlab turgan besh qurolli shaxsni maxsus kuchlar guruhi yetib kelguniga qadar 19 soat davomida ovqatlantirib, ular bilan gaplashib, chalgʻitib turgan ayol Reychel Ederi bilan uchrashishni soʻragan.
Bir kun oldin AQSH prezidentining oldingi guruhi Gʻazo sektoridagi chegaradosh aholi punktlariga tashrif buyurgani maʼlum boʻldi. Guruh Davlat departamenti va AQSH elchixonasining zirhli mashinalari bilan kirib kelgan.
Avvalroq, Bayden Kongressdan Isroil va Ukrainaga 2 milliard dollardan ortiq harbiy yordam soʻrash niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring