Jizzaxdagi shifoxonada janjal koʻtargan aka-ukalar jazolandi
Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyatidagi shifoxonalarning birida bezorilik qilgan aka-ukalar jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzaxdagi shifoxonalardan biriga tungi soat 23:40 atrofida turli tan jarohatlari bilan bemor olib kelingan. Bemorni koʻrishga kelgan 3 nafar shaxs ukasi haqida maʼlumot bera olmagan hamshiralarni haqorat qilib, qabul boʻlimidagi shisha toʻsiq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindirgan.
Ulardan biri janjalga aralashgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Bundan tashqari, aka-ukalar Ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik koʻrsatishga uringan.
Surishtiruvlar davomida shifoxonaga tan jarohatlari bilan keltirilgan bemor oʻziga oʻzi pichoq bilan jarohat yetkazgani maʼlum boʻlgan.
Huquqbuzarlarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga maʼmuriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari (4 mln 80 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, ular yuqoridagi ishlarni mastlik taʼsirida qilganini, hushyor holatga kelganidan soʻng hamma zararlarni qoplagani va hamshiralardan uzr soʻraganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring