Jizzaxdagi YTHda “Nexia-3” haydovchisi vafot etdi

19:12 10 Dekabr 2025 Jamiyat
439 0

Foto: Jizzax IIB

Jizzax shahrida “Nexia-3” va “Kamaz” oʻrtasidagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida 19 yoshli haydovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 9-dekabr kuni soat 05:10 lar atrofida Jizzax shahar Xayrobod MFY hududidan oʻtuvchi D-047 “Jizzax shahri—Doʻstlik—Gagarin—M39” avtomobil yoʻlining 5-kilometrida sodir boʻlgan.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi 2006-yilda tugʻilgan haydovchi “Nexia-3” rusumli transport vositasini Olmachi-Xayrobod yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng, mashina qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va oʻz yoʻlida harakatlanib kelayotgan “Kamaz” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida “Nexia-3” haydovchisi turli tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер