Jizzaxdagi ayanchli YTHda “Matiz” haydovchisi halok boʻldi
Videodan kadr
Jizzax viloyatida haydovchisi uxlab qolgan “Matiz” haydovchisi yuk mashinasi bilan toʻqnashdi. Hodisa oqibatida yengil mashina haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan, deb xabar bermoqda viloyat YHXX xabar qildi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 13-mart kuni tonggi soat 06:50 larda Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi M39 avtomobil yoʻlining 980-kilometrida yuz bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Samarqand-Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan “Matiz” avtomobilining haydovchisi rul boshqaruvida uxlab qolgan. Oqibatda u yoʻlning qayrilib olish qismida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.
Hodisa sabab Matiz haydovchisi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring