Jizzaxda “Jiguli”ni ikkita daraxt bosib qoldi
Videodan kadr
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Gʻallaorol tumanida transport vositasi ustiga daraxt qulab tushishi bilan bogʻliq holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa kecha, 22-yanvar kuni Gʻallaorol tumani “Gʻofur Gʻulom” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oʻtgan Mustaqillik koʻchasida yuz bergan. Yoʻl chetida toʻxtab turgan “VAZ 2107” rusumli transport vositasi ustiga ikki tup daraxt qulab tushgan.
Qayd etilishicha, holat sodir boʻlgan vaqtda transport vositasi ichida hech kim boʻlmagan va fuqarolarga zarar yetmagan.
Ayni kunlarda respublikada kuzatilayotgan yogʻingarchiliklar kuchli namgarchilikka olib kelmoqda. Bu esa daraxtlar ildiz qismini tutib turuvchi tuproqni yumshatib yiqilish xavfi darajasini oshirmoqda. Shu bois fuqarolardan yoʻllarda harakatlanish vaqtida ehtiyotkorroq boʻlish va avtomashinalarini imkon qadar daraxtlar ostida qoldirmaslik talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring