Jizzaxda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun seminar tashkil etildi

01:59 28 May 2024 Jamiyat
563 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Said DONISHEV/«Xalq soʻzi». Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali va Jizzax viloyat hokimligi tashabbusi bilan Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisi»dagi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyatida Milliy kadrlar zaxirasi uchun nomzodlarni saralab olish maqsadida «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasidagi rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha Jizzax viloyati komissiyasi» tashkil etilgan.

Ushbu komissiya tomonidan joriy yilning mart oyida «Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bilan ishlash yuzasidan «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqilgan.

Davlat organlari va tashkilotlari uchun yuqori salohiyatga ega rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda davlat fuqarolik xizmatiga eng iqtidorli kadrlarni saralab olish maqsadida 2024-yilning fevral oyida Respublika ishchi guruhi va Jizzax viloyati komissiyasi tomonidan hududdagi 500 dan ortiq rahbar kadrlar orasidan Milliy kadrlar zaxirasiga 80 nafar, Istiqbolli kadrlar zaxirasiga 116 nafar nomzodlar saralab olindi.

Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlardan 52 nafari Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi. Bir nafar nomzod esa Xitoy malaka oshirdi.

Joriy yilning mart may oylarida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarni yuqori lavozimlarga koʻtarish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijada nomzodlardan 2 nafari viloyat hokimi oʻrinbosari, 1 nafari tuman hokimi va 1 nafari tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari lavozimlariga tayinlandi.

Boʻlib oʻtgan oʻquv-amaliy seminarda ishtirokchilarga zaxiraga olingan nomzodning shaxsiy rivojlanish rejasini puxta ishlab chiqish hamda uning samarali ijrosini taʼminlash mexanizmlari, Davlat fuqarolik xizmatchisining maʼnaviy qiyofasi va uning davlat boshqaruvidagi oʻrni va roli, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etilishida «Mahalla yettiligi»faoliyatini samarali tashkil etish, Parlament va mahalliy Kengashlarning shakllanishi va faoliyati, shuningdek, yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati soha mutaxassislari va amaliyotchi-trenerlar tomonidan yetkazib berildi.

Shuningdek, zaxiradagi nomzodlar seminar davomida Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylarida, Jizzax viloyati kutubxonasida ham boʻlishdi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Gʻallaorol tumanidagi «Madaniyat» MFY misolida «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер