Jizzaxda Lacetti va yoʻlovchi avtobusi toʻqnashishi oqibatida bir kishi halok boʻldi
Jizzax viloyatida Lacetti rusumli avtomashina va yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi solir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-may kuni soat 09:15 larda Sharof Rashidov tumani Yoyilma MFY xududidan oʻtgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomabil yoʻlida navoiylik 21 yoshli S.A. Lacetti rusumli avtomashinasini Samarqand-Toshkent yoʻnalishida boshqarib borayotib, 4.1.1 yoʻl belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilib olgan.
Shundan soʻng oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Toshkent viloyati Qibray Tumanida yashovchi 53 yoshli X. R. boshqaruvidagi YBL613OH rusumli yoʻlovchi tashuvchi avtomashina bilan toʻqnashgan va yoʻl chetidagi pastlikka tushib ketgan.
Oqibatda Lacetti salonida boʻlgan 2003-yilda tugʻilgan yoʻlovchi olgan jaroxatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 2004-yilda tugʻilgan yana bir yoʻlovchi va avtogmashina haydovchisi S.A. olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring