Jizzaxda bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʼldi

17:20 19 Avgust 2022 Jamiyat
503 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yil 18-avgust kuni soat 23:30 larda, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega M39 “Toshkent-Termiz”avtomobil yoʻlining 1010 km.da, 1970-yilda tugʻilgan, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinasi nosoz holda toʻxtab qolgan. Shu yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Kobalt” rusumli YPX xizmat avtomashinasida mayoqchalarini yoqib harakat xavfsizligini taʼminlab turgan vaqtida 2001-yilda tugʻilgan, Zomin tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinasi bilan YPX inspektorining xizmat avtomashinasini chap tomonini qirib oʻtib oldinda toʻxtab turgan “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urib YTH sodir etgan.

Yuzaga kelgan tirbandlik tufayli toʻxtab turgan 1996-yilda tugʻilgan Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina orqasidan harakatlanib kelayotgan, 1998-yilda tugʻilgan, Zomin tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinasining tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida oldindagi avtomashinalar oʻng tomoni va bordyor oʻrtasidan yurib borayotib, Samarqand viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi 1969-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborib harakatlanishda davom etib “Kobalt” rusumli YPX xizmat avtomashinasining orqasidan urib texnik shikast yetkazgan.

Oqibatda 2001-yilda tugʻilgan “ZIL 130” rusumli haydovchisi voqea joyida vafot etgan va ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?