Jizzax viloyatida Cyber-month oyligi boshlandi
Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatida 3-iyundan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi — “Cyber-month” kompleks targʻibot tadbiri boshlandi. Shu munosabat bilan Jizzax shahridagi kibersport arenasida matbuot va OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar masʼullari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Akmal Savurboyev va viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik Akmal Muratov, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi Laziz Atoyevlar mazkur oylikning maqsad va vazifalari, rejalangan ishlar xususida maʼlumot berishdi.

Taʼkidlanishicha, joylarda mobil targʻibotlar bilan birga “Eng faol mahalla”, “Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanaman”, “Firibgarlardan ehtiyot boʻling”, “Eng yaxshi milliy kontent” kabi yoʻnalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari, IT sohasida onlayn olimpiadalar, kibertahdidlardan himoyalanish boʻyicha oʻquv kurslari, sektorlar rahbarlarining fuqarolar bilan uchrashuvlari tashkil etiladi.

Matbuot anjumanida kiberjinoyatchilarning aldoviga ishonib jabrlangan fuqarolar oʻz kechmishlarini bayon etishdi. Bundan tashqari matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring