Jinoyat ishlari boʻyicha aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv joriy qilindi
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
● Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish;
● Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv;
● Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv institutlari joriy qilindi.
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish – guvoh va jabrlanuvchini ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga koʻra soʻroq qilish boʻlib, u sud tomonidan amalga oshiriladi.
Guvoh va jabrlanuvchini obyektiv sabablarga koʻra keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladigan hollarda, ularning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv – jinoyat ishini toʻxtatib turish, tugatish, birlashtirish, ayblov dalolatnomasi yoki xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni prokurorga yuborish hamda nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi 10 sutkadan oshmasligi kerak.
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv – oʻta ogʻir jinoyat hisoblanmaydigan jinoyatlar boʻyicha aybiga iqror boʻlgan, jinoyatni ochishga koʻmaklashgan va zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan prokuror bilan tuziladigan kelishuv.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo belgilangan eng koʻp jazoning yarmidan oshmagan holda tayinlanadi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring