Jinoyat ishlari boʻyicha 24 mlrd. soʻmlik byudjet va boshqa mablagʻlar talon-toroj qilingan

12:29 21 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
744 0

Tahlillarga qaraganda, 2019-2020-yillar va joriy yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan va ularning 358 nafari yoki 95 foizi korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha jami 24 mlrd. soʻmlik byudjet va boshqa mablagʻ talon-toroj qilingani aniqlangan. Ayniqsa, avtomobil yoʻllariga masʼul boʻlgan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi 149 nafar xodimning jinoyat sodir etgani tashvishli holdir.

Ushbu maʼlumotlar Senatning yigirmanchi yalpi majlisida aytib oʻtildi va parlament soʻrovida keltirilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi. Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?