Jerar Depard'e ishtirokidagi Oʻzbekiston haqidagi film taqdimoti boʻldi
Foto: Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida 2-oktyabr kuni Respublika Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Arno Frile rejissyorligida suratga olingan “Mening oʻzbekcha tushim” (“Мой узбекский сон”) filmi namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Kinokartinada bosh rolni taniqli aktyor Jerar Deparde ijro qilgan. Namoyishdan oldin film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan. Jerar Deparde uchrashuvda Oʻzbekistonga avval koʻp bora kelgani va safarlaridagi xotiralari bilan boʻlishgan. Shuningdek, kinofestivalga taklif etilgani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring