JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi: Oʻzbekiston terma jamoasi Eron bilan bahsda muhim gʻalabani qoʻldan chiqardi

23:20 25 Mart 2025 Dunyo
252 0

JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi 8 tur bahslari doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasi mehmoni boʻldi.

Terma jamoamizning asosiy tarkib futbolchilari Oston Oʻrunov hamda Jaloliddin Masharipov ushbu bahsda jamoamizga yordam bera olishmadi. Oʻrunov jarohati sabab terma jamoa yigʻinini tark etgan boʻlsa, Masharipov 7 turdan oʻrin olgan Qirgʻiz terma jamoasiga qarshi bahsda sariq kartochka olgani sabab Eronga qarshi bahsni oʻtkazib yubordi.

Shunday boʻlsada, Eronga qarshi bahsning dastlabki daqiqalaridanoq hamyurtlarimiz hujumkor oʻyin namoyish etishdi. Uchrashuvning 16 daqiqasida Farrux Sayfiyevning uzatmasidan keyin Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Taʼkidlash joizki, Erkinov aynan Oston Oʻrunovning oʻrnini toʻldirish maqsadida maydonga tushirilgandi va u oʻziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi.

Birinchi boʻlimning qolgan vaqtida mezbonlar hujumkor oʻyin namoyish etib, bir qancha golli vaziyatlar yarata olishdi, ammo hisob oʻzgarmadi. Birinchi boʻlim terma jamoamizning minimal hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlim teng kurashlar ostida boshlandi. Uchrashuvning 52 daqiqasiga kelib Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi Sardor Azmunning uzatmasini kuchli zarbasi orqali golga aylantirdi va hisob tenglashdi. Biroq, oradan bir daqiqa oʻtgach, 53 daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarima zarbasidan gol kiritib, Oʻzbekistonni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Bahsning 83 daqiqasiga kelib, Mehdi Taremi dubl qayd etib, hisobni 2:2 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin yakunigacha ushbu hisob oʻzgarishsiz qoldi. Shu tariqa Eron terma jamoasi guruhda 20 ochko jamgʻarib, mundial yoʻllanmasini muddatidan avval qoʻlga kiritdi.

Hamyurtlarimiz 17 ochko jamgʻargan holda guruhda ikkinchi pogʻonani mustahkamladi. Asosiy raqiblarimizdan biri Qatar terma jamoasi Qirgʻiz terma jamoasiga qarshi bahsda 3:1 hisobida magʻlub boʻlib, katta ehtimol bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmaga ega chiqish imkoniyatidan ayrildi.

Bugun guruhdagi yana bir asosiy taʼqibchimiz BAA safarda Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahsda BAA magʻlub boʻlsa, Oʻzbekiston terma jamoasi bugunoq mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер