JCH-2018. Bugun yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida bugun 1-tur doirasidan o‘rin olgan yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
F guruhida musobaqada ishtirok etayotgan ikki terma jamoa Shvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro bellashadi. Uchrashuv Nijniy Novgorod shahridagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi. Kecha guruhning narigi juftligi o‘rtasida kechgan uchrashuvda Meksika terma jamoasi sensatsion ravishda Germaniya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozongandi.
F guruhi. 1-tur
Shvetsiya - Janubiy Koreya (17:00, Toshkent vaqti bilan)
Nijniy Novgorod stadioni.
Bosh hakam: Xoel Agilar (Salvador)
G guruhidan o‘rin olgan jamoalar o‘yinlari kunning ikkinchi qismiga mo‘ljallangan. Dastlab Belgiya terma jamoasi KONKAKAF vakili Panama terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Sochidagi “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni zambiyalik hakam boshqarib boradi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Tunis va Angliya terma jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Uchrashuv Volgograddagi “Volgograd Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
G guruhi. 1-tur
Belgiya - Panama (20:00, Toshkent vaqti bilan)
Sochi. “Fisht” stadioni.
Bosh hakam: Yanni Sikazve (Zambiya)
Tunis - Angliya (23:00, Toshkent vaqti bilan)
Volgograd. “Volgograd Arena” stadioni.
Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring