Javohir Sindarov “Titled Tuesday” musobaqasida gʻolib chiqdi

10:47 07 May 2025 Sport
106 0

Kecha boʻlib oʻtgan anʼanaviy “Titled Tuesday” onlayn shaxmat turnirida yosh grossmeysterimiz Javohir Sindarov navbatdagi gʻalabasini qayd etdi. 11 turdan iborat musobaqada u 9,5 ochko toʻplab, kuchli raqiblar orasida 1-oʻrinni egalladi va 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga sayoning yetazovor boʻldi.

Javohir ushbu gʻalabani qoʻlga kiritish yoʻlida bir qator dunyoning yetakchi shaxmatchilari ustidan ishonchli gʻalabalar qozondi. Xususan, u AQSH vakili, sobiq jahon chempioni ishtirokchilaridan biri Sam Shankland, amerikalik iqtidorli shaxmatchi Hans Niyemann, eronlik grandmaster Parham Maqsudlu va ukrainalik Oleksandr Bortnik kabi kuchli raqiblarni magʻlub etdi.

Turnir yakunida Javohir Sindarov va Hans Niyemann teng ochko toʻplagan boʻlishiga qaramay, qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida gʻoliblik aynan yurtimiz vakiliga nasib etdi. Bu yutuq Sindarovning xalqaro arenadagi obroʻsini yana bir bor tasdiqladi hamda uning yuqori sport formasini namoyon etdi.

Oʻzbekistonlik yosh grossmeysterning bunday muvaffaqiyati nafaqat milliy sportimiz faxri, balki yoshlar uchun ham oʻrnak boʻlib xizmat qiladi. Shaxmat boʻyicha yurtimiz nomini yuksaltirayotgan Javohir Sindarovni samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi bellashuvlarda ham omad tilaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер