Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.
Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang bilan yakunladi.

Ushbu natija bilan Javohirning ochkolar soni 4,5 taga yetdi. Paralel tarzda, ikkinchi oʻrinda borayotgan turkiyalik Yagiz Erdogmus ham oʻz raqibi, niderlandiyalik Ervin LʼAmi bilan durang oʻynadi. Natijada, turnirda Javohir Sindarovni ochkolar boʻyicha quvib yetishga hech bir raqibda imkon qolmadi.
Shunday qilib, Javohir Sindarov Malmyoda oʻtayotgan nufuzli xalqaro turnirda chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu natija yosh grossmeysterimiz uchun navbatdagi muhim yutuq boʻlib, Oʻzbekiston shaxmat maktabining yuksak salohiyatini yana bir bor isbotladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring