Jasur Tursunov Qarshi tumaniga hokim boʻldi
Tursunov Jasur Sanjarovich Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-mart kuni xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Xususan, sessiyada deputatlar Tursunov Jasur Sanjarovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Jasur Tursunov 1979-yil Kasbi tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Tursunov bugungi tayinlovga qadar Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida u Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Qahva hazm jarayonini tezlashtiradimi? Mutaxassis javob berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring