Janubiy koreyalik mutaxassis Toshkent shahar hokimi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Janubiy koreyalik mutaxassis, Seul meriyasi departamenti vakili Kim Yu Shik Toshkent shahar hokimining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U poytaxt ma’muriyati faoliyati tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga mas’ul bo’ladi.
Bu haqda shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiya, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish masalalari bo’yicha o’rinbosari Alisher Tilyaev ma’lumotiga asoslanib “Gazeta.uz” axborot manbasi xabar qildi.
Kim Yu Shik Janubiy Koreya poytaxtida AKTni rivojlantirish bilan shug’ullangan bo’lib, ushbu sohada 20 yillik ish tajribasiga ega hamda Seuldagi barcha jamoatchilik joylarini bepul Wi-Fi nuqtalari bilan jihozlash loyihasida ishtirok etgan.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Janubiy Koreyaga o’tgan yil noyabr oyida amalga oshirgan davlat tashrifi chog’ida Toshkent hokimiga ekspert ajratish bo’yicha kelishuvga erishilgandi.
Xorijlik ushbu mutaxassis bilan bir yilga shartnoma imzolandi. Unga Seul meriyasi maosh to’lasa, Toshkent hokimligi yashash uchun joy hamda safar xarajatlari uchun mablag’ ajratadi.
Xabarga ko’ra, maslahatchinig asosiy vazifasi Toshkentda Seuldagi muqobili kabi shaharni boshqarish bo’yicha vaziyat markazini yaratishdir. Bir yildan so’ng markaz orqali shahardagi kommunal, shaharsozlik, yong’in xavfsizligi, tezkor munosabat bildirish tizimi sohalarida ro’y berayotgan vaziyatlarni onlayn-rejimda kuzatish mumkin bo’ladi. Unga ko’chalardagi videokuzatuv kameralari ham ulanadi.
“Buni “aqlli shahar”ning bir qismi deb hisoblash mumkin, lekin bu alohida loyihadir”, — dedi A.Tilyaev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring