Janubda “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasiga start berildi

10:25 26 Noyabr 2021 Sport
1077 0

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” umumqoʻshin dala maydonida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasiga start berildi.

Bunda “Chavandozlik” musobaqasi boʻyicha “Ot minish”, “Harbiy chavandozlar” hamda “Chavandozlar estafetasi” mashqlari boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida qoʻmondonlik masʼul ofitserlari ishtirok etib, shartlar boʻyicha ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi va ular xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirildi.

Musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad qoʻshinlarda sogʻlom raqobat va oʻzaro musobaqa muhitini yaratish, harbiy xizmatchilarda Vatanga mehr va sadoqat tuygʻularini, oʻz kasbidan va milliy armiya safida xizmat qilishdan gʻururlanish hissini kuchaytirish hamda jamiyatda harbiy xizmat nufuzini oshirishdan iboratdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?