Jamshid Avloniy: “Olgan bilimim va toʻplagan tajribalarim bilan boʻlishish istagida yana ona yurtimga qaytdim”

11:25 06 Fevral 2026 Jamiyat
304 0

Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan va maʼrifat rivojiga xizmat qilayotgan tashabbuslar keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Xususan, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashi, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda innovatsion gʻoyalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotini taʼminlash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.

Ana shunday tashabbuslarning natijasi sifati ulugʻ jadid va buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning nabirasi — professor Jamshid Avloniyning oʻz ilmiy va amaliy faoliyatini aynan Oʻzbekistonda davom ettirish qarori yorqin dalildir.

Professor Jamshid Avloniy polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi boʻyicha yetuk olim boʻlib, 2015-yildan buyon AQSHdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda edi.

U 2018-yilda Davlatimiz rahbarining ilm-fanga oid daʼvatlariga javoban yurtimizga qaytib, oʻz bilim va tajribasini Vatan taraqqiyotiga bagʻishlashni maqsad qilgan. Eʼtiborlisi, olim oʻz faoliyatini davom ettirish uchun Olmaliq davlat texnika institutini tanladi.

U institut magistrlari va talabalari uchun sanoatdagi innovatsiyalar yoʻnalishida taʼlim berishidan hamda zamonaviy laboratoriyalarda yoshlar bilan birgalikda ishlashidan mamnun ekanligini bildirdi.

Kimyo sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan tanilgan Jamshid Avloniy Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmid bilan birgalikda koʻplab ixtirolar ustida ishlagan.

Uning Oʻzbekistondagi faoliyati Vatanimiz yoshlari uchun katta ilhom va yangi imkoniyatlar manbai boʻlishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер