Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekish cheklandi

Chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bilan bir qatorda ularni reklama va targ‘ib qilish ham taqiqlanadi.
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi majlisida muhokama etilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
O‘zAning yozishicha, Qonun 15 moddadan iborat bo‘lib, unda “chilim”, “chilim uchun tamakisiz chekish aralashmasi”, “chilim chekish uchun damlama”, “chilim uchun chekish toshi”, “elektron sigareta” kabi asosiy tushunchalar mazmuni ochib berilgan.
Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan. Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama va targ‘ib qilishni cheklashga doir normalar kiritilgan, jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash choralarini ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va ularning majburiyatlari belgilangan.
Chilim va elektron sigaretalar chekish uchun jamoat joylarida xonalar va joylar ajratish, shuningdek jamoat joylarida chilimlarni, chekish aralashmalarini (chekish masallig‘ini, chekish toshlarini) foydalanish uchun taqdim etish taqiqlangan.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar (muassasalar), tashkilotlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring