Jamoat transporti qamrovi bor-yoʻgʻi 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho — Prezident
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda jamoat transporti masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat koʻrsatadigan tizimga aylanmaganini qayd etdi.
Jamoat transporti qamrovi bor-yoʻgʻi 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho — dedi Prezident.
Viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish ishlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.
Transport vaziri va viloyat hokimlari bu ishlarni toʻliq yakunlab, 1-martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1-iyungacha qolgan 8 ta shaharda yangi tizimni yoʻlga qoʻyishi shartligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring