Jalaquduqlik haydovchi 41 ta jarima toʻladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tartiblar qanchalik koʻp oʻrnatilmasin, afsuski, jarimaga tortilgan haydovchilar soni ham, toʻlovlar miqdori ham tobora ortib bormoqda. Misol uchun, Jalaquduq tumanida yashovchi F.S. ni olaylik. U boshqaruvidagi “Tracker” avtomashinasida 41-marta qoidabuzarlik sodir etganligi qayd etildi. Natijada birdaniga 25 mln. soʻmdan yuqori miqdorda maʼmuriy jarima toʻlovini toʻlashga majbur boʻldi.
— Bundan tashqari, bu fuqaro bankdan olgan kredit qarzlarini ham qaytarmay yurgan ekan, — deydi Majburiy ijro byurosining tumandagi boʻlimi ijrochisi Jasurbek Mamayusupov. — Bir necha bor ogohlantirishlar natija bermagach, uning boshqaruvidagi avtomashinani xatlab qoʻyishga toʻgʻri keldi.
Ayni paytda fuqaro jarima toʻlovidan qutulib, bankdagi kredit toʻlovini toʻlash chorasini koʻrmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring