Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini global favqulodda holat deya eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoyda koronavirus tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb tan oldi.
“Men koronavirusning global tarqalishi sababli xalqaro sogʻliqni saqlash favqulodda holatini eʼlon qilmoqdaman”, dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus Jenevada tashkilotning favqulodda qoʻmitasi yigʻilishidan keyin.
JSST tasnifida ushbu holatlar “boshqa davlatlar uchun sogʻliq uchun xavf tugʻdiradigan favqulodda hodisalar” deb hisoblanadi va “xalqaro hamjamiyat tomonidan muvofiqlashtirilgan choralarni talab qilishi mumkin”.
Biroq, tashkilot virus bilan bogʻliq holda tovarlar va odamlarning harakatlanishiga cheklovlar joriy qilishni tavsiya etmaydi.
Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining bayonotiga koʻra, agar dunyo mamlakatlari virusni erta aniqlash, bemorlarni izolyatsiya qilish va ularning aloqalarini kuzatish choralarini koʻrsalar, koronavirusning tarqalishini toʻxtatish mumkin.
Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 7818 (30-yanvar kuni holatiga koʻra) kishiga yetgan, vafot etganlar soni 200 nafardan ortdi. JSST maʼlumotlariga koʻra, Xitoydan tashqarida, 20 mamlakatda yuqtirish holati qayd etilgan. Xitoydan tashqarida qurbonlar yoʻq.
Bugunga qadar virus bilan bogʻliq holatlar Avstraliya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya, Nepal, Vyetnam, Singapur, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Tailand, Yaponiya, AQSH, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi, Hindiston va Filippinda aniqlangani maʼlum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring