Jahon futbol yulduzlari Oʻzbekistonga keladi
Yoshlar oyligi doirasida 29-iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi matbuot va ommaviy axborot vositalari departamenti direktori Davron Fayziyev maʼlum qildi.
Tashrif buyuruvchi futbolchilarning eng mashhuri shubhasiz Dida (Jesus Silva)dir. Mashhur darvozabon Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, ikki karra “Milan” klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi gʻolibi hisoblanadi.
Roʻyxatda yana bir “Real Madrid” va “Milan” jamoalarining sobiq futbolchisi Kristian Panuchchi ham bor. Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi klublar safida ikki marta UYEFA chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan.
Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi Kristian Zakkardo va Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi Serjinyo (Serjio Klaudio dos Santos) ham mamlakatimizga keladi.
Maʼlumot uchun, Zakkardo oʻng qanot himoyachisi boʻlib, 2006-yilda terma jamoasi bilan jahon chempioni boʻlgan. Serjinyoda esa “Jahon chempionati kubogi”dan tashqari “Milan” klubi bilan ikkita UYEFA chempionlar ligasi gʻolibligi ham bor.
“29-iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida boʻladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, Oʻzbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat boʻladi”, deydi Fayziyev oʻz sahifasida qoldirgan postida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring