Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammit oldidan Tramp bilan muloqot qiladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Alyaskada oʻtadigan sammit oldidan AQSH prezidenti Donald Tramp bilan onlayn muzokara oʻtkazishi kutilmoqda.
Ushbu qoʻngʻiroqda yetakchilar Ukraina ishtirokisiz hech qanday qaror qabul qilinmasligi va mamlakat chegaralarini kuch yoʻli bilan oʻzgartirish mumkin emasligini yana bir bor taʼkidlaydi.
Tramp esa tinchlik kelishuvi hududlarni almashtirishni nazarda tutishi mumkinligini bildirgan. Xabarlarga koʻra, Putinning talablaridan biri — Kiyev Donbassning hali ham Ukraina nazoratida boʻlgan qismlarini berishi. Zelenskiy esa bunday kelishuv Rossiyaning kelgusidagi hujumlari uchun “tramplin” boʻlishini aytdi.
Hozirda Rossiyaning yozgi hujumi davom etmoqda: qoʻshinlar sharqdagi Dobropillia shahri yaqinida kutilmagan zarba berib, qisqa vaqt ichida 10 km oldinga oʻtdi. Zelenskiy Moskva sammit oldidan “Rossiya olgʻa bormoqda, Ukraina esa yutqizmoqda” degan axborot tarqatishga urinmoqda, deb hisoblaydi.
Putin juma kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvda qanday talablar qoʻyishi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. 2014-yildan beri Donbassning bir qismi Rossiya tomonida boʻlib, hozirda Moskva deyarli butun Lugansk va Doneskning taxminan 70 foizini egallab turibdi. Zelenskiy esa Ukraina Donbassni tark etish boʻyicha har qanday taklifni qatʼiyan rad etishini yana bir bor bildirdi.
Prezident avvalroq ukrainaliklar bosqinchiga oʻz yerlarini bermasligini aytgan va mamlakat konstitutsiyasini eslab oʻtgan — unga koʻra, hududiy oʻzgarishlar faqat referendum orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oʻtgan hafta Tramp Rossiya va Ukraina kelishuvga erishishi uchun hududlar almashinuvi zarurligini bildirgan. Bu Kiyev va Yevropa poytaxtlarida Moskvaga Ukraina chegaralarini kuch bilan oʻzgartirish imkoni berilishi mumkinligi haqida xavotir uygʻotdi. Hozirda Rossiya Ukraina hududining 20 foizdan kamrogʻini nazorat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring